Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘qishga kiruvchi nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi

Jamoat xavfsizligi universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari boshlandi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ–5077-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Shu munosabat bilan Universitetda bir qator bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish joriy qilindi.

Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidagi taʼlim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ro‘yxati tasdiqlandi. Xususan,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 avgustdagi 500-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining (keyingi oʻrinlarda – Universitet) bakalavriati kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga hamda magistratura mutaxassisliklarining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish amalga oshiriladi.

Nizomga muvofiq qabul komissiyasi oʻz faoliyatini 1 fevraldan boshlaydi.

Bugungi kunda jamlovchi idoralar tomonidan joriy yilning 1 fevral kunidan Universitetning kunduzgi bakalavriat yoʻnalishiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul qilinishi boshlandi. Arizalar (bildirgilar)ni qabul qilish jarayoni joriy yilning 20 mart kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Universitetga oʻqishga kirish istagini bildirgan:

fuqarolar taʼlim yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda – tegishli hududiy organlar)ga ariza bilan, harbiy xizmatchilar (xodimlar) oʻzlari xizmat oʻtayotgan harbiy qismga (muassasaga) bildirgi bilan murojaat qiladilar.

Qabul qilingan arizalar (bildirgilar) asosida tegishli hududiy organlar hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Hujjat rasmiylashtirish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 a) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar orqali:

 “Maxsus vazifalarni bajarish qoʻshinlarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”;

 “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash”;

 “Xavfsizlikni huquqiy taʼminlash”;

 “Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy taʼminlash”;

 “Iqtisodiy xavfsizlik”;

 “Aniqlash va qoʻriqlash tizimlardan foydalanish boʻyicha qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati”;

 “Qoʻriqlash boʻlinmalarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”.

 b) Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari orqali:

 “Yoʻl-patrul xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”;

 “PATRUL-post xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”;

 “Pasport tizimini huquqiy taʼminlash”.

 Universitetga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan tegishli hududiy organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 ariza (bildirgi);

 chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;

 tarjimai hol;

 anketa;

 oʻqish, ish yoki xizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;

 3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

 ota-onasining Universitetga oʻqishga kirishiga rozilik xati;

Universitetga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);

“Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy taʼminlash” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar chet tilini bilish darajasi haqidagi xalqaro tan olingan dasturlar – IELTS boʻyicha 5.5 ball va undan yuqori, TOEFL boʻyicha 72 ball va undan yuqori, TestDaF boʻyicha TDN3 va undan yuqori, DELF B2 va undan yuqori sertifikat yoki davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega boʻlganda Universitetga oʻqishga kirish boʻyicha tanlovda ishtirok etadilar.

Quyidagi hujjatlar tegishli hududiy organlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport (identifikatsiya ID-kartasi) yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, tugʻilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.

Universitetga oʻqishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyiga yuqorida keltirilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Universitetga oʻqishga kirishga tavsiya etish boʻyicha hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga – harbiy boʻlinmaning umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma);

harbiy qismlar (muassasalar) va boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan tavsiyanoma.

Jamlovchi idoralar tomonidan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, oʻrganish va umumlashtirish, shuningdek, ularning jismoniy tayyorgarligini baholash (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun - individual-psixologik xususiyatlari, magistratura mutaxassisliklari uchun – kasbiy tayyorgarlik va chet tili boʻyicha – saralash imtihonlarini olish) va test sinovlarini topshirishga tavsiya etish maqsadida dastlabki saralab olish ishlari tashkil etiladi.

Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

individual-psixologik oʻrganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.

Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish. Hujjatlarni toʻplash va oʻrganish, natijalarni tahlil qilish, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi, siyosiy va huquqiy madaniyati, maʼnaviy fazilatlari va kasbiy layoqatini baholash usulini qoʻllagan holda har yili 1 fevraldan 31 martga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Yakka tartibda suhbatlashish. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati) aniqlashtirish, ofitser kasbini tanlashining sabablarini aniqlash, taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish va xorijiy tillarni egallaganlik darajasini baholash maqsadida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat yoshlar bilan – tegishli hududiy organlar boʻlim boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan – harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Birlamchi tibbiy koʻrik faqat yoshlar uchun tegishli hududiy organlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan har yili 1 fevraldan 31 martga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Yakuniy tibbiy koʻrik yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun tegishli hududiy organlar huzuridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan barcha majburiy tashxis-diagnostik tekshiruvlar amalga oshirilgan holda har yili 1 apreldan 20 mayga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Sogʻligʻining holatiga koʻra Universitetda oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.

Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

“Maxsus vazifalarni bajarish qoʻshinlarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash”, “Xavfsizlikni huquqiy taʼminlash”, “Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy taʼminlash”, “Iqtisodiy xavfsizlik”, “Aniqlash va qoʻriqlash tizimlardan foydalanish boʻyicha qoʻmondonlik-muhandislik faoliyati”, “Qoʻriqlash boʻlinmalarining qoʻmondonlik-taktik faoliyati” taʼlim yoʻnalishlari uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil

25 dekabrdagi PQ–4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq;

“Yoʻl-patrul xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”, “PATRUL-post xizmatining qoʻmondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy taʼminlash” taʼlim yoʻnalishlari uchun – Vazirlar Mahkamasining 2017 yil

26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq.

Nomzodlarning antropometrik koʻrsatkichlariga doir mezonlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy xizmat (xizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tanlangan mutaxassislikka qarab belgilanadi.

Nomzodlar bilan individual-psixologik oʻrganish tadbirlari va umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida, tegishli hududiy organlarida Qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan har yili 1 maydan 30 mayga qadar (shu kuni ham) oʻtkaziladi.

Dastlabki saralab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan va test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlari toʻliq rasmiylashtirilgandan keyin tegishli hududiy organlar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan har yili 10 iyunga qadar Qabul komissiyasiga yuboriladi.

Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar har yili oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar qabuli boshlangunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari (tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqiga ega nomzodlar bundan mustasno) asosida amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasi test sinovlari natijalari taqdim etilgandan keyin besh kun ichida nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi va ikki kun muddatda Davlat test markaziga taqdim etadi.

Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, keyingi maʼlumotlarda Universitetning umumfuqaroviy bakalavriat yoʻnalishi va magistratura bosqichlariga hamda sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni qabul qilish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumutlar berib boriladi.

 

Text to speech