Urganch shahrida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkir tig‘li jismdan jarohatlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi
8 iyul kuni soat 17:47 DA Urganch shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Xiva ko‘chasida joylashgan “Okean” kafesidan “tashvish” signali kelib tushdi. Voqea joyiga tezkor harakatlanuvchi guruh bir necha daqiqa ichida yetib borgan. Xodimlar kafeda pichoqlangan erkakni aniqlab, tez yordam chaqirishgan va shifokorlar yetib kelgunga qadar jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Shundan so‘ng, jarohatlangan S. M. kasalxonaga yotqizilgan, mojaroning yana ikki ishtirokchisi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va Urganch shahar IIBga olib ketilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.