Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlari davom etmoqda

Kitob — inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish, izlanish bilan o‘z dunyoqarashini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi.

Zotan, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi jarayonlar yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha sohalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi turli tadbirlarning izchillik bilan o‘tkazilayotganligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Shu o‘rinda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalaridagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,ularning kasbiy saviyasini yuksaltirish, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, kuni kecha yosh harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining Buxoro viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov mezoniga asosan ikki bosqichda o‘tkazilgan bellashuvda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi yoshlari jamoasi yaqqol ustunlik bilan faxrli 1 o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, "Farg‘ona viloyat Yoshlar Ittifoqi" tomonidan kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, DXX Chegara qo‘shinlari kabi kuch tuzilmalardan 7 ta jamoa o‘zaro bellashdilar.

Mazkur intellektual o‘yinda Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Text to speech