Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston milliy armiyasi - mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri

 

Ўз O'z Ру En

Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi harbiy xizmatchi va xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish hamda ular o‘rtasida yugurishni ommalashtirish maqsadida bo‘lib o‘tgan marafonda ikki mingga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi boshchiligida tashkil etilgan musobaqada professional hamda havaskor sportchilar ham o‘z omadini sinab ko‘rishdi.

Musobaqada 3 km hamda 10 km masofalarga yugurish bo‘yicha ayollar hamda erkaklar hamda oilaviy jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra Qurolli kuchlar tizimidagi ta'lim muassasalari bo‘yicha ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Bojxona instituti, erkaklar o‘rtasida FVV Akademiyasi jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘ringa ayollar va erkaklar o‘rtasida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi.Faxrli 1-o‘rin bo‘lsa ayollar o‘rtasida IVV Akademiyasi, erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, Ayollar va erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni IIV jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Milliy gvardiya jamoasi, erkaklar o‘rtasida Davlat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi. Ayollar va erkaklar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni Mudofaa vazirligi jamoasi egalladi.

Shu bilan birga, marafonda 50 yoshdan kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Milliy gvardiya vakili Kamol Toshpo‘latov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda oilaviy yugurish bahslarida ham Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Marat Bashirov oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Text to speech