Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Urush faxriylariga Prezident sovg‘alari yetkazildi

9 may –“Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Norin tumanidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Katta O‘lmas mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Turdivoy ota Mamatov, Pop tumanining eng olis, tog‘li hududi bo‘lgan Chorkesar mahallasida istiqomat qiluvchi 101 yoshni qarshi olgan Abdurahmon ota Mirzarahmonov, To‘raqo‘rg‘on tumanida umrguzaronlik qilayotgan 100 yoshli Ikromjon Umrzoqovlar xonadoniga viloyat hokimi boshchiligidagi hokimiyat vakillari , Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, tuman sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tashkilotchilar bayram tabrigini o‘qib eshittirib, 18 million so‘m pul mukofoti, sovg‘a-salomlar, oziq-ovqat hamda dori-darmon mahsulotlarini topshirdi.

Text to speech