Urush faxriylariga hurmat va ehtirom
Bugun –Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev, Sirg‘ali tuman hokimi Elbek Shukurov, hamkor vazirliklar, Qurolli Kuchlar faxriylari, masʼul rahbarlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olindi.
Tadbir davomida bayram munosabati bilan yo‘llangan Prezident tabrigi o‘qib eshittirilib, samimiyatga yog‘rilgan bu so‘zlarga hamohang ravishda 15 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Odam taftini odam oladi, deganlaridek samimiy suhbat davomida faxriylar urush xotiralari bilan o‘rtoqlashib, tinchlikning qadri haqida o‘z boshlaridan kechirgan kechmishlar misolida so‘zladi. Shu asnoda mehmonlarni bugungi dorulamon kunlarning qadriga yetishga, yurtda hukm surayotgan osoyishtalikni asrashga chorladi.
Batafsil maʼlumotlar fotoreportajimizda.