O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONI AQSH QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY QO‘MITASI DYELEGATSIYASINI QABUL QILDI
Joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev hamda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligining Strategiya, rejalashtirish va siyosat boshqarmasi direktori o‘rinbosari brigada generali Dyuk Pirak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, xorijiy delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markaziga tashrifi tashkil etilib, unda mehmonlar Markaz faoliyati hamda mutaxassislarning amaliy tayyorgarligi jarayoni bilan tanishtirildilar.
Tadbir yakunida brigada generali D. Pirak tashkil etilgan mazkur uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, muntazam muloqot va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini ta’kidladi.