Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni doirasida Farg‘ona, Sirdaryo, Buxoro va Jizzax viloyatlarida davra suhbati tashkil etildi
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar, yuridik shaxslar bilan olib boriladigan shartnomaviy munosabatlar, ularni tuzishda qonunchilikka rioya qilish, shartnoma talablarining buzilishi natijasida kelib chiqadigan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarda suhbat olib borildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi vakillari ishtirok etib, ular kun mavzusi yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.
Shuningdek, joriy yilning 27 aprel kuni Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida Markaziy Devon masʼul ofitserlari tomonidan ko‘ngilsiz hodisalarni oldin olish maqsadida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasida “Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda harbiy prokuror adliya podpolkovnigi B.Bozormirzayev ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari va davlatning rivojlanishi,taraqqiy topishiga g‘ov bo‘luvchi illatlar haqida tushunchalar berdi. Shu bilan bir qatorda, mutaxassislar tomonidan mazkur illatlarga qarshi qanday kurashish lozimligi haqida hayotiy misollar orqali tavsiyalar berib o‘tildi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va “Qo‘riqlash” boshqarmasi harbiy xizmatchi hamda xodimlari bilan Markaziy Devoni masʼul ofitserlari ishtirokida "Korrupsiya - umr zavoli" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida korrupsiyaning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.