UYUSHMAGAN YOSHLARNI SPORT OSTIDA BIRLASHTIRAMIZ
Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 19 may kuni Chilonzor tumaniga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi bir qator uyushmagan yoshlar ishtirokida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqada 4 ta mahalla yoshlari jismoniy imkoniyat va mahoratlarini namoyish etib, o‘zaro bellashishdi.
Natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni “Navbahor” mahallasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni “Katta Qozirobod” mahallasi qo‘lga kiritdi, “Tepaqo‘rg‘on” mahallasiga esa yirik hisob bilan birinchi o‘rin nasib etdi.
Keskin kurash va qiziqarli onlarga boy bo‘lgan sport musobaqasida faol ishtirok etgan hamda g‘olib jamoalar Milliy gvardiya tomonidan tayyorlangan diplom medal va sovg‘alar bilan mukofotlandi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport bilan doimiy oshno bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat.