Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Andijon viloyatida talonchilikda gumon qilingan shaxslar aniqlanib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Joriy yilning 25 iyun kuni soat 20:00 lar atrofida Andijon shahri, Eski shahar hududida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha belgilangan hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilariga 1999 y.t Andijon shahrida yashovchi fuqaro R.A murojaat qilib, Eski shahar markaziy dehqon bozori hududiga yaqin (Avtomobillar qatnov qismining chetida) joyda notanish (3 nafar) kishilar uni to‘xtatib pul va qimmatbaho buyumlarini berishini talab qilganliklari va qo‘lida bo‘lgan "Redmi 10" rusumli uyali aloqa vositasini kuch ishlatish orqali tortib olganliklari to‘g‘risida maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida gumonlanuvchi shaxslar, Eski shahar markaziy dehqon bozori hududidagi “Yoshlik” oziq ovqat do‘koni yaqinida qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruv davomida ushbu fuqarolar Andijon shahrida yashovchi 1999 y.t O.I, 1999 y.t I.Sh hamda 2002 y.t Q.O lar ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari Andijon shahar IIOFMB tomonidan davom ettirilmoqda.

Text to speech