Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 14 tup giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simlik topildi
Joriy yilning 28 iyun kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududida hamkorlikda olib borilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida Qiziltepa tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimining tezkor maʼlumotiga asosan, Milliy gvardiya boshqarmasi va IIB JQB xodimlari tomonidan Oqsoch mahallasida yashovchi fuqaro B. Q.ning xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilib, tomorqasida 14 (o‘n to‘rt) tup o‘tkir hidli, yashil rangli “marixuana” o‘simligi yashirin ravishda parvarish qilinayotganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.