MILLIY GVARDIYA ANDIJON VILOYATI BO‘YICHA BOSHQARMASI HARBIY XIZMATCHILARI TOMONIDAN JINOYATCHILAR QO‘LGA OLINDI
Joriy yilning 21 iyun kuni ertalab soat 9.15 da Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari patrullik yo‘nalishda xizmat olib borayotgan vaqtida ko‘p qavatli uyning oldida mashina yonida turgan shubhali ikki yosh yigitni uchratib qolishgan. Ulardan biri qo‘lida qaychi bilan mashina eshigini buzib ochishga urinayotgan edi. Harbiy xizmatchilar fuqarolardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlarini so‘rashganda, ular avtomobil ularga tegishli emasligini tan olishgan.
Qonuniy chora ko‘rilishi uchun huquqbuzarlar hududdagi eng yaqin Ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari IIB tomonidan olib borilmoqda.