Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BO‘ZATOV TUMANIDA KAMONDAN OTISH SPORTI BO‘YICHA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI

Bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab kamondan otish sport turi bo‘yicha iqtidorli yoshlar aniqlanib ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Kamondan otish sport turi bo‘yicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishini taʼminlash maqsadida joriy yilning 8-10 aprel kunlari Bo‘zatov tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Respublikaning barcha tumanlaridan 80 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan 3 kunlik musobaqada yuksak qobiliyatlarga ega bo‘lgan ishtirokchilar musobaqaning yakuniy bosqichiga yetib kelishdi. Umumiy hisobda birinchi o‘rin Bo‘zatov yoshlariga nasib etdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Text to speech