Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublika miqyosida Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Toshkent shahri

Joriy yilning 16 fevral kuni Milliy gvardiya Markaziy devoni boshqarma boshliqlari,ofitserlari ishtirokida Yo‘l harakati qoidalari va ularning yangi tahriri bo‘yicha seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishni qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, 2022 yilda harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

————

Toshkent viloyati

Joriy yilning 16 fevral kuni "Huquqbuzarliklar profilaktika kuni" doirasida Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda shahar YPX mutaxassis xodimlari va harbiy xizmatchilar ishtirokida "Yo‘l xatoni kechirmaydi" mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi, shuningdek, shaxsiy avtotransport vositalariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning avtotransport vositalari texnik holati hamda boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari tekshirildi.

————

Farg‘ona viloyati

Joriy yilning 16 fevral kuni "Huquqbuzarliklar profilaktika kuni" munosabati bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari,Qo‘qon shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i ishtirokida "Yo‘l qoidasi umr foydasi"shiori ostida profilaktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Qo‘qon shahar IIB Kiber jinoyatga qarshi kurashish bo‘limi vakili tomonidan harbiy xizmatchilarga kiberxavfsizlik, jinoyatchilikni oldini olish borasida tushunchalar berildi. Mashg‘ulot muzokaralarga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan harbiy xizmatchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.

————

Xorazm viloyati

Milliy gvardiya bo‘linmalarida haftaning payshanba kunlari profilaktika kuni doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari bilan profilaktika kuni doirasida "Tezlik umr zavoli", "Haydovchi qo‘lidagi telefon xatarga sabab" mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

————

Namangan viloyati

Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda “Qo‘riqlash” boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari bilan viloyat IIB YHXB masʼul xodimlari ishtirokida

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida "Yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar" to‘g‘risida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, avtotransport vositalarining texnik holatlari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Text to speech