Jizzax viloyatida sertifikatlanmagan dori vositalarining aylanmasi to‘xtatib qolindi
Jizzax viloyatida, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, IIB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida olingan xabarga ko‘ra tezkor tadbir o‘tkazildi va unda sertifikatlanmagan dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi. Tadbir davomida uch nafar fuqaro A.S. va A.E hamda M.X. lar tegishli hujjatlarsiz 31 ming quti natriy xlorid preparatini 8 ming AQSH dollari va 37,4 million so‘mga savdolashish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi ("Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.