Farg‘ona viloyatida 51 million so‘m miqdorida bo‘lgan tovarlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 29 iyul kuni Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Vodil-Toshloq” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro F.B. boshqaruvidagi Damas avtomashinasi kuzatuvga olinib, Toshloq tumani hududida to‘xtatilganda avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 51 million so‘mdan ziyod 5 turdagi parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Bojxona organlari tomonidan olib borilmoqda