Hamkorlikdagi tezkor va reyd tadbirlari davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan bankomatlardan birini ochishga uringan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi.
Joriy yilning 20 mart kuni tungi soat 00:25da Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Qo‘riqlash bo‘limiga nomaʼlum shaxs tomonidan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lib, talonchi bankomat eshiklarini buzayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Olingan xabarga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tezkor xodimlari tomonidan AT "Universal bank" Buvayda filialiga qarashli 24/7 bankomatlardan birini nomaʼlum shaxs temir keskich yordamida buzayotgani aniqlanib, tezkorlik bilan qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs Ichki ishlar organlariga topshirilgan va olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida 18 yoshli fuqaro R.B ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.