Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Nukusda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi qo‘lga olindi

24 aprel kuni soat 21.40 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi Texnik qo‘riqlash markaziga dehqon bozori hududida joylashgan “Feruza” kafesidan tashvish xabari kelib tushdi.

Tezkorlik bilan voqea joyida yetib kelgan xodimlarga jabrlanuvchi T.N. nomaʼlum shaxs uning "Samsung Galaxy A 02" telefonini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Xodimlar tomonidan tashqi videokuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganilib, gumonlanuvchining tashqi ko‘rinishi va qaysi yo‘nalish tomon ketganligini aniqlandi.

Bir necha daqiqadan so‘ng gumonlanuvchi qo‘lga olinib, hudud Ichki ishlar bo‘limiga olib borildi va dastlabki surishtiruv natijasida huquqbuzar muqaddam avtoulov o‘g‘irlaganligi uchun sudlangan 25 yoshli Sh.R. ekanligi aniqlandi.

Qo‘lga olingan shaxs o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, qilmishini o‘sha vaqtda mast holatda bo‘lganligi bilan izohladi.

Text to speech