Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida tinglovchilarning bitiruv kechasiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qӯriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Jumladan kuni kecha Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazlarida boshlang‘ich tayyorlash o‘quv rejasi va dasturi asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi.
Shuningdek, o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan navbatdagi boshlang‘ich tayyorlash o‘quv rejasi va dasturi asosida Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati harbiylashtirilgan qorovullik lavozimlaridagi ishchi-xizmatchilari o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar va o‘quv markazi nishonlari topshirildi.
Shuningdek, o‘quv yig‘ini davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirda Milliy gvardiyaning mintaqaviy ӯquv markazlari rahbariyati so‘zga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lgan oriyatini g‘urur va sadoqatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bog‘lab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab o‘tdi.