SAMARQAND VILOYATI QO‘RIQLASH BO‘LIMI XODIMLARINING TEZKOR HARAKATI TUFAYLI INSON HAYOTI SAQLAB QOLINDI
Soat taxminan o‘n yarimda Samarqand viloyati Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari biriktirilgan obyektning tashqi perimetrini ko‘zdan kechirayotgan vaqtda, Zarafshon ko‘prigidan daryoga nomalum shaxs tushib ketganini ko‘rishgan. Xodimlar tezlik bilan suvga tushib, cho‘kayotgan odamni qutqarishgan.
Yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilganligi bois Jomboy tumanida yashovchi 28 yoshli ayol hech qanday jarohat olmagan.
Xodimlari fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatib, tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari IIB tomonidan olib borilmoqda.