Bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatda ijtimoiy moslashuvini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya qo‘mondonining 2024 yil 19 aprel kunidagi buyrug‘i bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarni Milliy gvardiya tizimiga ishchi va xizmatchi tarkibi lavozimlariga qabul qilish tartibi tasdiqlandi.
Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksi (YAMMT)da real vaqt rejimida eʼlon qilinib kelinmoqda (https://ish.mehnat.uz/vacancies).
Murojaatlar asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, hal etilishi nazoratga olindi.
Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari, muassasalari, harbiy qismlari hamda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari eʼlon qilinib, bugungi kunga qadar 112 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilingan.