Toshkent shahridagi temir yo‘l vokzalida terrorchilik guruhlarida ishtirok etgani uchun o’z vatanida qidiruvda boʻlgan qoʻshni respublika fuqarosi qoʻlga olindi
22 fevral kuni soat taxminan 1.50 larda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzali hududida o‘z vatanida qidiruvda bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi G.D. ni qo‘lga olishdi.
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari G.D. ni terrorchilik guruhlari faoliyatiga aloqadorligi uchun xalqaro qidiruvga bergan. Fuqaro tezkor qidiruv masʼul xodimlariga topshirilgan.