Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Matonat malikalari" ko‘rik tanlovining respublika bosqichi  yakunlandi va g‘oliblar "8 mart- Halqaro xotin qizlar kuni" bayramida munosib rag‘batlantirildi.

Bahorning ilk bayrami 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, kursantlar o‘rtasida "Matonat malikalari" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning hududiy bosqichida g‘oliblikni ko‘lga kiritgan 16 nafar qizlar "Matonat malikasi" sharafi uchun kuch sinashdilar.
Bellashuv jarayonlari hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan kuzatib borilib, ishtirokchilar saf hamda o‘q otish tayyorgarligi, ot sporti, kamondan otish shartlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi o‘zgachaligi bilan esda qolarli bo‘ldi. Harbiy qizlarimiz bu safar "Milliy liboslar ko‘rgazmasi" "Maftunkor ayol" "Matonat malikalari.Millatning fidoyi xotin-qizlari nominatsiyasi" bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. 4- Shart mobaynida qizlar milliy liboslarini taqdim etib, bosh kiyimlaridagi ixchamlilik,ranglar jilosi, aksessuarlar va turli taqinchoqlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha o‘zlarining yuksak did egalari ekanligini namoyish etishdi.
Jozibador va bahoriy soch turmagini yaratish, shuningdek, davlat arboblari, o‘zbek millatining tarixi va kelajagida chuqur iz qoldirgan, millatning fidoyi xotin-qizlarining hayoti va ijodi to‘g‘risida maʼlumot berish shartlaridagi ijodiy yondashuvlar hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan yuqori baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni Andijon viloyati boshqarmasi sharafini himoya qilgan F. Hakimjonova egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Namangan viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi G.Suropova nasib etdi, faxrli 1-o‘rinni Surxondaryo viloyati boshqarmasi vakilasi S. Nurboyeva qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar taqdirlash marosimida munosib taqdirlandi.

Text to speech