Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq ikkita holatni fosh qildi

Shayxontohur tumani, Chorsu bozoridagi do‘konlarning biri yonida 27 iyundan 28 iyunga o‘tar kechasi taxminan soat 1.40 larda tuman “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududda patrullik qilayotganida, shubhali erkakni payqab qolishgan. Fuqarodan bemahal vaqtda nima sababdan bozor hududiga kirganligi so‘ralganda, savolga javob bera olmagan. Bundan tashqari, uning yonida hech qanday hujjatlar bo‘lmagan, lekin o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan kukunsimon modda solingan uchta kichik selofan paket bo‘laklari borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, voqea joyiga “Qo‘riqlash” bo‘limining tezkor guruhi chaqirilib, qo‘lga olingan shaxs Shayxontohur tumani IIBga yetkazilgan. Qo‘lga olingan shaxsning shaxsi aniqlanganda, u shu hududda yashovchi 21 yoshli N.A. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Chilonzor tumanida 30 iyun kuni kechki soat 18.00larda “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari xizmat mashinasida xizmat hududiga ketayotgan paytida ko‘p qavatli uylardan birining yonida turgan erkak xodimlarning eʼtiborini tortdi va xizmat mashinasini payqab qolgan fuqaro yashirinishga uringan. Erkakning xatti-harakati xodimlarda shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatildi.

Fuqarodan hujjatlarni taqdim etishni va xatti-harakatlarining sabablarini tushuntirishi so‘ralganda, uning yonida hech qanday hujjat mavjud emasligi aniqlandi. Undan tashqari, tekshiruv jarayonida uning yonidan 7 dona o‘ramda o‘ziga xos hidli kukunsimon modda topilib, olib qo‘yildi.
Fuqaro qo‘lga olinib, Chilonzor tumani IIBda shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli G.Sh. maʼlum bo‘lgan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech