Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizda muomalaga chiqarilishi taqiqlangan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari savdosining oldi olindi.

Joriy yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX va Milliy gvardiya hamkorligida poytaxtimizning Uchtepa tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar 20 yoshli zangiotalik T.Sh va 26 yoshli I.D. “O‘rikzor” savdo majmuasida 1 600 AQSH dollari evaziga tarkibida “Sibutramin” moddasi bo‘lgan turli xil savdo belgisi ostida ishlab chiqilgan jami 1 200 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, bozor hududidagi ularga tegishli omborxonadan 11 282 dona vazn yo‘qotish uchun qo‘llaniladigan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar! «Tito Lido», «Goryachiy peres», «Sinzi shou», “Blokator”, «Reduksin layt», «Black panther», “Fatzorb” kabi faol reklama qilingan vazn yo‘qotish uchun qo‘llaniladigan dori-darmonlar sog‘lig‘ingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mazkur dorilar kuchli va hatto psixotrop hamda giyohvand moddalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, dorilar tibbiy sinovdan o‘tkazilmagan va qay darajada taʼsir qilishiga hech kim kafolat bermaydi

Text to speech