“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha Milliy gvardiya markaziy devonida videoselektor tarzidagi seminar bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yana-da samarali taʼminlash maqsadida, Konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor tarzidagi mazkur yig‘ilish ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi va seminarning asosiy maʼruzachisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik A.Saidov ishtirok etdi.
Maʼruzachi tomonidan, yig‘ilishda ishtirok etgan Milliy gvardiya qo‘mondonligi, markaziy devon hamda hududiy bo‘linmalar shaxsiy tarkibiga, Konstitutsiyamizga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar hamda ularning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan ezgu tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Maʼruzachi Akmal Xolmatovich Saidov “Konstitutsiyaviy komissiya raisi” sifatida, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishga bevosita rahbarlik qilayotganligi tufayli o‘zining boy tajribasi bilan seminar ishtirokchilari bilan ochiq muloqotga kirishdi.
Unda harbiy xizmatchi va xodimlar mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, yangi loyihaga o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyaning yangi islohotlari – mamlakatimizda fuqarolarning barcha sohalardagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini yana-da taʼminlashga hamda himoya qilishga qaratilgan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanashi” va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim huquqiy asos bo‘lishiga ishonch bildirishdi.