Jamoat joyida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan huquqbuzarga belgilangan tartibda chora ko‘rildi
Joriy yilning 19 noyabr kuni soat taxminan 11:00larda poytaxtimizdagi “O‘rikzor” savdo kompleksi hududida shaxsi nomaʼlum fuqaro tamaki mahsulotini isteʼmol qilib, MJTKning 56-1-moddasi talablarini buzgan.
Mazkur hududda xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan huquqbuzar bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Shuningdek, qoidabuzar o‘zining ismini noto‘g‘ri aytish va harbiy xizmatchilarni masxaralash shaklida noo‘rin harakatlarini davom ettirgan holda harbiy xizmatchilarga nisbatan haqoratli so‘zlar aytib, ularga qo‘li bilan tashlangan hamda harbiy mulkiy-ashyolariga zarar yetkazgan.
Shundan so‘ng, mazkur fuqaro hududiy profilaktika inspektori xonasiga olib borilgan.
Surishtiruv ishlari natijasida fuqaro Toshkent viloyatilik 25 yoshli M.S. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat belgilangan tartibda Ichki ishlar organlari hududiy profilaktika inspektori tomonidan o‘rganilmoqda.