Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy gvardiya Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, zaxiradagi podpolkovnik Bahodir Toshpo‘latov, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi polkovnik Oybek Azimov, Milliy gvardiya Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ilhom Turg‘unov hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi leytenant Nodira Kazakova ishtirok etishdi.
Faxriylar bilan uchrashish uchun Olmazor, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlaridagi umumta’lim maktablari hamda
172-sonli maktabning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tashrif buyurishdi.
Tadbirda maktab o’quvchilari Milliy gvardiya saflarida xizmat qilish, uning qahramonlari, ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda yaratilgan shart-shraoitlar bilan tanishish, faxriylarning o‘z Vatanini chinakam vatanparvari bo‘lish nimani anglatishi hayot yo’llaridagi boy tajribalari va uzoq yillar mobaynida erishgan bilim va ko'nikmalari haqidagi fikr-mulohazalarini tinglash hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkonini yaratdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, qizg‘in muhokamalarga aylandi. O'zaro erkin va ochiq muloqot tarzida kechgan mazkur uchrashuvda o’quvchilar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar, o'zlarining nuqtai nazarlarini bayon qilib, shu bilan birga fikrlash, xulosa chiqarish va mustaqil ravishda to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etishdi.
Gvardiyachilarning javob va mulohazalari shubhasiz, yoshlarda o‘z kelajagi uchun mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otib, Vatan ravnaqi va farovonligi har bir fuqaroning burchi ekanligini va albatta yurt himoyasi naqadar ulkan vazifamiz ekanini qalbdan his qildilar.