“Ватан азиз – жасорат мангу”
9-may “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda keng miqyosda katta tantanalar bilan nishonlanib, 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz eʼzozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilasini yashash xonadoniga tashrif buyurildi. Marhum harbiy xizmatchining ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan ular ko‘rsatgan jasorat esga olindi. Tashrif davomida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat hokimining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Shu bilan birga sana munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.
Shu jumladan, Sardoba suv omborini texnogen falokati oqibatlarini bartaraf qilishda xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan oddiy askar H.Suyunov va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bajarish chog‘ida vafot etgan O‘rikzor brigadasi harbiy kismda xizmat qilgan katta leytenant N.Quvondiqovlarning yaqinlaridan xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.
Ularning yorqin xotirasi harbiy xizmatchilar qalbida mangu qolishi, Ona Vatan mana shunday jasur o‘g‘lonlari borligidan g‘ururlanishi yana bir taʼkidlandi.