DOIM VATAN ARDOG‘IDASIZ, VATAN HIMOYACHILARI
9 may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Termiz shahri “Guliraʼno” mahallasida istiqomat qiluvchi 96 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sherali ota Haydarovning holidan xabar oldi.
Urush dahshatlari va qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan otaxon o‘zining umri davomidagi hayot yo‘li haqidagi xotiralarini yodga olib, jang maydonlarida mardlarcha halok bo‘lgan safdoshlarini chuqur ehtirom bilan xotirladi.
Tashrif so‘ngida Sherali ota bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotga shukrona keltirar ekan, yurtimiz ravnaqi va xotirjamligini tilab, duoga qo‘l ochdi. Harbiy xizmatchilar otaxonni bayram bilan muborakbod etib, sovg‘alar ulashdi.