VATAN TAQDIRI - MENING TAQDIRIM
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirim” mavzusidagi seminar-trening Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida tashkil qilindi. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir tarbiyalanuvchilarning nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, sportning hayotdagi o‘rni mavzularida ham maʼruzalar qilindi.
Mazkur tadbir ochiq muloqot tarzida, savol-javoblar asosida yana-da qizg‘in bo‘lib o‘tdi.