O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida “Vatanparvarlik” tadbirlari o‘tkazilmoqda
Yoshlarda Milliy armiyadan faxrlanish va unga bo‘lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona yurtga mehr-muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, xalqparvarlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Oqchangal” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Harbiy vatanparvarlik" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Xovos tumani hokimligi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari Sirdaryo viloyati Chavandozlar maktabi hamda boshqa jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etdilar.