VATAN HIMOYASI — BUYUK IFTIXOR
O‘quvchi va talaba yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini yana-da oshirish maqsadida, joylarda bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Qamashi tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabiga tadbir tashkillashtirdilar.
Tadbirda maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar uchun harbiy qurol-aslaha texnikalardan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar tomonidan amaliy tarzda ko‘rsatilgan qo‘l jangi usullari, barchaga xush kayfiyat ulashdi.