Bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan fuqaro Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan topilib, ota-onasiga topshirildi
Qo‘qon shahar IIB xabarnomasiga asosan Qo‘qon shahar “Burchilik” MFYda istiqomat qiluvchi 16 yoshli voyaga yetmagan fuqaro I.R. 2023 yil 12 iyun kuni bedarak yo‘qolgan. 1 iyul kuni Qo‘qon shahridagi “O‘rda” bog‘i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarida o‘z xatti-harakatlarida bedarak yo‘qolgan qizga o‘xshashligi bilan shubha uyg‘otadi. U yaqin o‘rtadagi ichki ishlar organiga olib borilib, shaxsi aniqlashtirilganda fuqaro I.R. ekanligi aniqlandi va ota-onasiga topshirildi.