Jamoat xavfsizligi Universiteti kursantlari o‘rtasida ilk marotaba "XALQARO TOIFADAGI O‘ZBEKISTON USTASI" unvoniga ega bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi
Respublika Sharq yakkakurashlari va jang sanʼatlarini rivojlantirish markazi tomonidan joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Toshkent shahrida 12 ta sport turlari federatsiyalari o‘rtasida “Sharq yakkakurashlari malikasi” respublika festivali o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti 4-kursantlar batalyoni 1-bosqich kursanti Najmutdinova Mehrangiz Fayoz qizi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha yaʼni: usullarning maxsus texnikasi va usullarni ko‘rgazmali namoyish etishlarni professional darajada bajardi. Natijada, fahrli birinchi o‘rinni egallab, “Sharq yakkakurashlari malikasi” tanlovi g‘olibiga aylandi. Shuningdek, ushbu tadbirda Universitet tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Najmutdinova Mehrangiz Fayoz qiziga Xapkido sport turi bo‘yicha “Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi” unvoni topshirildi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan Najmutdinova Mehrangizni g‘alaba bilan samimiy tabriklab, xizmati va musobaqalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!