Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston sport tarixida ilk marotaba kamonchilarimiz shohsupaga ko‘tarildi!

Ushbu ko‘p millatli, ko‘p turdagi sport musobaqalarida Milliy terma jamoamiz safida, Kamondan otish bo‘yicha terma jamoasi ham munosib ishtirok etib kuchlilar qatoridan joy olishdi. Sportchilarimiz Amirxon Sadiqov hamda Ziyodaxon Abdusattarovalar Miks yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur nufuzli musobaqada kamonchilarimiz ilk marotaba ishtirok etayotgan bo‘lsalarda, duetlik(juftlik) bellashuvida bronza medalini qo‘lga kiritganliklari O‘zbekiston Kamondan otish  federatsiyasining so‘ngi yillarda yangi bosqichga qadam qo‘yib, federatsiya rahbariyati  tomonidan sportchilarga yaratib berilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlarning samarasidir.
Eslatib o‘tamiz: Mazkur musobaqada ishtirok etgan og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz aʼzosi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Doston Yoqubov kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yunon-rum kurashi bo‘yicha safdoshimiz  Jalgasboy Berdimurodov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu xalqaro musobaqada faol ishtirok etgan va medallarni qo‘lga kiritib Milliy terma jamoamiz g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan barcha sportchilarimizni samimiy qutlab qolamiz!



Text to speech