Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Buyuk sarkarda izdoshlari katta hayotga qadam qo‘ymoqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” hamda Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan barpo etilgan “Temurbeklar maktabi”da o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzolari, Toshkent shahar Mirobod tumani hokimi A.Salaydinov, O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar kengashi aʼzolari va boshqa mutasaddi rahbarlar hamda bitiruvchilarning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R. Djurayev so‘zga chiqib, o‘tgan qisqa davr ichida Milliy gvardiya tizimidagi uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, oliy va o‘rta maxsus taʼlim sifatini yana-da yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi, buning amaliy natijasini “Temurbeklar maktabi” misolida ham ko‘rish mumkinligini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, muassasa o‘qituvchilar tomonidan o‘qitishning yangi tizimi joriy etilishi, mashg‘ulotlarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda tashkil etilishi o‘quvchilarning ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotganini eʼtirof etdi.

Darhaqiqat, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha oxirgi yillarda 93 foizni tashkil etib, respublikamizdagi barcha harbiy akademik litseylari orasida birinchi o‘rinni egallab kelmoqdalar. Respublika miqyosida o‘takziladigan fan olimpiadalarida ham birinchilikni qo‘lga kiritmoqdalar. Shu jumladan, ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha turli xalqaro sertifikatlarni ham qo‘lga kiritmoqdalar.

Dalatimiz rahbari qaroriga asosan, Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi va muassasada tub islohotlar amalga oshirildi. Bugun “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan bir qatorda Harbiy musiqa akademik litseyining birinchi bitiruvchilari ham shijoat bilan safda turibdi.

Harbiy musiqa akademik litseyining birinchi qaldirg‘ochlari ko‘rsatgichlari ham yuqori. Ushbu muassasa o‘quvchilari oxirgi yillarda nafaqat O‘zbekistonda balki Xalqaro nufuzli tanlov va festivallarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

Xususan, Italiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli tanlovlarda litsey o‘quvchilari birinchi va fahrli o‘rinlarni egallagan.

Marosimga tashrif buyurgan mehmonlar va ota-onalar bitiruvchilarning kelajakda buyuk sarkarda Amir Temur vorisi nomiga munosib, malakali mutaxassis sifatida shakllanib, Yangi O‘zbekistonning mustahkam qanotlariga aylanishlariga tilak bildirdilar.

Shundan so‘ng, “Temurbeklar maktabi”ning 110 nafar bitiruvchilariga, shundan, 28 nafar o‘g‘longa imtiyozli diplom va “Aʼlochi o‘quvchi” ko‘krak nishoni topshirilgan bo‘lsa, Harbiy musiqa akademik litseyining 21 nafar bitiruvchisiga diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari orasida Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik” uyining to‘rt nafar sobiq tarbiyalanuvchilari ham borligi barcha uchun quvonarli bo‘ldi.

Marosimga tashrif buyurganlar tadbirning badiiy qismida Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari “Zarbli cholg‘ular ansambli” defile chiqishlari hamda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlaridan bahramand bo‘ldilar.

Text to speech