“Xalq va armiya - bir tanu bir jondir”
Urgut tumanida “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir” shiori ostida oʻquvchi yoshlar orasida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi va yoshlarga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan himoya vositalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida yoshlarni kamondan otish musobaqasi oʻtkazilib, gʻoliblar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.