XALQ VA ARMIYA — BIR TANU BIR JON
Yoshlar haqida gap ketganda hammaning ko‘z oldida yurtimiz ertalari, mamlakatimiz kelajagi gavdalanadi. Ertangi kunning qanday bo‘lishi, bugun qanday tayyorgarlik ko‘rilganiga bog‘liq. Yoshlar uchun harbiylarning tartib-intizomi va qatʼiy o‘rnatilgan qonun-qoidalari, harbiy texnikalarning taktik-texnik sifatlari, armiyada mavjud zamonaviy o‘qotar qurollar va uchish apparatlari o‘zgacha taassurot uyg‘otuvchi motivdir.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida barcha kuch tuzilmalari bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati hamda " O‘zbekiston yoshlar forumi-2021" doirasida Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Guliston shahar 15-umumtaʼlim maktabida "Xalq va armiya- bir tanu bir jon" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan zamonaviy zirhli texnikalar, harbiy qurol-aslahalar va himoya vositalarini ishlatish tartibini, texnik xususiyatlari, kamondan o‘q otish hamda ot sporti bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tilib, o‘quvchi yoshlarga ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.