"Xalq va armiya-bir tanu bir jondir" shiori ostida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Bugun Jizzax viloyatida "Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 30 yilligi va 14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni"ni munosib kutib olish maqsadida viloyatdagi kuch tuzilmalari o‘rtasida 5000 metr masofaga yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, viloyat IIB, viloyat FVB, Mudofaa Vazirligi, viloyat yoshlar ittifoqi jamoalaridan 200 ga yaqin ishtirokchilar o‘zaro kurash olib bordilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoa ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.