XALQARO HAMKORLIKNING ISTIQBOLLARI
Joriy yilning 22 fevral kuni Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Italiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisi podpolkovnik Federiko Kuatrini bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tarkibiy bo‘linmalari mutasaddi rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar Italiya Karabinerlar qo‘shinlari faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi.
Karabinerlar tarixi ikki yuz yillik davrni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, 1871 yilda Italiya birlashgan vaqtda harbiy qismlarning qo‘shilishidan boshlanadi. Hozirda ushbu korpus Italiya Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, jamoat tartibini saqlash va harbiy politsiya vazifasini bajaradi.
Taqdimot doirasida bo‘linmalarning funksiya va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, kadrlar tayyorlash tizimi, shuningdek amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari batafsil yoritib berildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Italiya Karabinerlar qo‘shinlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini rivojlantirish va hamkorlik doirasini yana-da kengaytirishga kelishib oldilar.