Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO KONFERENSIYANING MAZMUN-MOHIYATI O‘RGANILMOQDA

Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan joriy yilning 15-16 iyul kunlari, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaning mazmun mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari, mutasaddi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimiz rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy madaniy mushtarakligi, mamlakat va xalqlarimizning bir-biriga mos keluvchi manfaatlari umumiy farovon kelajakni barpo etishimiz uchun asos bo‘ladigan mustahkam poydevor ekanligini, birgalikda barqaror rivojlanish istiqbollari bo‘yicha aniq yondashuvga ega bo‘lishimiz lozim ekanligini taʼkidlab o‘tgan maʼruzalarining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Albatta bu kabi o‘tkazilayotgan tadbirlar harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech