Xalqaro konferensiyaning ahamiyati, mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkillashtirilgan bugungi tadbirda 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqlik: Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi yurtboshimizning maʼruzalari mazmun-mohiyati keng o‘rganildi.
Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ayni vaqtdagi dolzarb va aksariyat xorijiy kuzatuvchilar tomonidan kutilayotgan mavzu “Mintaqaviy xavfsizlik. Qarshiliklar va tahdidlar” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashda, shuningdek, transchegaraviy infratuzilmalar xavfsizligini taʼminlashda mintaqaviy hamkorlik istiqbollariga eʼtibor qaratilishi borasidagi fikrlar muhokama qilindi.
Bu kabi o‘tkazilayotgan maʼruzalar Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlash kerakligini anglashga xizmat qiladi.