Xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati o‘rganildi
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, tinchlik-totuvlik masalalari yuzasidan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada ko‘tarilgan dolzarb masalalar, uning ahamiyati hamda Prezidentimiz maʼruzalarini mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida, bugun Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida harbiy xizmatchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi istiqbolli va manfaatli hamkorlik munosabatlari, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash yo‘lidagi ustuvor yo‘nalishlar xususida so‘z yuritildi. Prezidentimizning nufuzli anjumandagi nutqi o‘qib eshittirilib, ilgari surgan tashabbuslari yetkazildi. Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob va maʼlumotlar oldilar.