Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xalqaro konferensiyaning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasida joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqlik tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasiga qaratilgan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy Davlat Pedegogika Instituti prorektori X.Qurbonov, yig‘ilganlar eʼtiboriga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilganligini, madaniy-gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tahdid va xatarlar muhokama qilinganligini, formuning asosiy maqsadi ikki mintaqa o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iboratligini, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, turizm, taʼlim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish yuzasidan batafsil fikr almashish va birgalikda takliflar ishlab chiqish o‘rin olganligini aytib, fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida, boshqarma boshlig‘i kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib, kelgusida shaxsiy tarkibning huquqiy bilim saviyasini, jismoniy, jangovar va kasbiy tayyorgarliklarini yana-da kuchaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olish lozimligini aytib o‘tdi.

Text to speech