Xorazm viloyatida "Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Urganch shahridagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi va Urganch harbiy prokuraturasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Matkarim Jumanyozov, axborot-kutubxona markazi direktori Rahimboy Qurbonov va Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.Qurbonovlar hamda Urganch harbiy prokuraturasi katta tergovchisi adliya kapitani A.Alimqulov Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab mavzu yuzasidan maʼruza qildilar.
Shundan so‘ng so‘z olgan, kecha davomida Urganch shahridagi Anna German nomidagi bolalar musiqa maktabi o‘quvchilari, 18-son bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar qo‘shiq kuylab, raqsga tushishdi, shu bilan birga, Vatan haqida ifodali sheʼrlari orqali barchaga bayram kayfiyatini ulashdilar.
Shuni alohida taʼkidlash joizki Urganch davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan Spitamen, Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur timsollarining sahnada gavdalantirilganligi barchaning eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.