Xorazm viloyatida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari saksovul kesilishiga aloqador shaxslarni aniqlashdi
Tuproqqalʼa tumani “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari va ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati inspektorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘laydigan Amudaryo temir yo‘l-avtomobil ko‘prigida saksovul yuklangan ikkita “Zil-53” avtomashinasini to‘xtatishdi.
Qizil kitobga kiritilgan va qonun bilan muhofaza qilinadigan relikt turdagi o‘simlikni noqonuniy kesish holati bo‘yicha, Z. X. va B. S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasiga (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) muvofiq bayonnoma tuzildi. Ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga topshirildi.