Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi bilan navbatdagi ekologik reyd tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi K.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob cho‘l miqqiy qushini sotayotganida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 92-moddasi ga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.