XORAZMDA “TRIATLON” BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BOSHLIG‘I KUBOGI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
Mamlakatimizda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini yoshlarga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir qator islohotli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan "Yoshlar oyligi" davomida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “triatlon” turi boyicha musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazib borilmoqda.
Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi joriy yilning 10 iyun kuni Urganch shahrida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirok etgan yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan bir qatorda o‘z kuchlarini sinab ko‘rib, mahoratlarini oshirishga erishdi.
Shuningdek, yoshlarni bir maqsad sari birlashtirgan bu tadbir barcha ishtirokchilarga bir olam zavq bag‘ishlab, do‘stona aloqalarni mustahkamlashga sabab bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari va ko‘chma kubok topshirildi.