Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xotira - aziz, qadr - muqaddas!

Mamlakatimizda har yili 9 may — G‘alaba bayrami " Xotira va qadrlash kuni" sifatida keng nishonlanadi.

Ana shunday ezgu ishlarni izchil davom ettirish, dunyo miqyosida keng nishonlanadigan buyuk sana — G‘alabaning 77 yillik bayrami munosabati bilan Davlatimiz rahbarining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondonligi,Toshkent shahri va tuman hokimligi, hamkor vazirliklar, Qurolli kuchlar faxriylar kengashi aʼzolari, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Temurbeklar maktabi va harbiy musiqa akademik litseylari o‘quvchilari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Zagida Mamleyeva hamda Kolominseva Antonina holidan xabar olinib,ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida urush faxriylariga prezident tabrigi o‘qib eshittirib, 15million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti va "Yangi O‘zbekiston" ramzi aks ettirilgan qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

"Alvon beretlar" jamoasi hamda harbiy musiqiy akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan kuylangan vatanparvarlik hamda tinchlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar urush faxriysi va tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Jajji bolajonlarning harbiy libosdagi tashrifi, ifodali sheʼr o‘qishlari hamda qo‘shiqlarga hamohang raqslari tadbirga o‘zgacha fayz baxsh etdi.

Bu kabi ezgu va xayrli amallarning davomiyligi O‘zbekiston xalqining jang maydonlaridagi, urush ortidagi qahramonligi va fidokorona mehnatini, tarixiy xizmatlarini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish hamda abadiylashtirish, yosh avlodni ota-bobolarimiz jasoratiga munosib bo‘lgan, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylash va yana-da mustahkamlashga qodir, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashga keng zamin yaratmoqda.

Text to speech